Jahon | 08:03 / 09.06.2018
13150
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning yangi qurolga aloqador maxfiy ma'lumotlari o‘g‘irlandi

Foto: REUTERS

Xitoy hukumatiga ishlovchi xakerlar AQSh harbiy-dengiz kuchlari pudratchisi kompyuter tarmog‘ini buzib kirishdi hamda maxfiy ma'lumotlarni o‘g‘irlashdi. Bu haqda The Washington Post gazetasi manbalarga asosan yozmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, o‘g‘irlangan ma'lumot Amerikaning kemalarga qarshi ultratovushli raketalar sohasidagi ishlanmalariga aloqador bo‘lgan. Ular AQSh suv osti kemalarida 2020 yildan so‘ng paydo bo‘lishi kerak.

Ta'kidlanishicha, xakerlik hujumlari joriy yilning yanvar va fevral oylarida qayd etilgan. Hozirgi vaqtda buzib kirishlar holati bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Gazetadan yozishlaricha, o‘g‘irlangan ma'lumotlarning hajmi 614 Gbaytdan ortiq bo‘lib, ular AQSh harbiy-dengiz pudratchisida himoyalanmagan serverda saqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Rossiyaning yangi quroli tayyor ekanini ma'lum qilgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid