Rossiya prezidenti Vladimir Putin «töğridan-töğri muloqot» davomida Rossiyaning eng yangi quroli tayyorlikning qanday darajasida ekani haqidagi savolga javob qaytardi.

Uning sözlariga köra, «Kinjal» gipertovuşli aviatsion raketa kompleksi qurolli kuçlarga topşirilgan, 2019 yilda esa «Avangard» tizimi, 2020 yilda - «Sarmat» raketasi taqdim etiladi.

«Şuningdek, ma'lum bir işlanmalar bor - global uzoq masofaga möljallangan raketa va suvosti dron qurilmasi. Bu yerda yadro dvigatel qurilmasining sinov bosqiçi yakunlandi. Biroq, yana ba'zi bir narsalarni rejali rejimda amalga oşiriş darkor. Iş aynan reja böyiça ketmoqda», - deya qayd etib ötgan Putin.

Putinning sözlariga köra, qurol qurolli kuçlarga öz muddatida taqdim etiladi.

Rossiya prezidentining ta'kidlaşiça, bunga işonmaganlar, avval ham işonişmagan, ammo bu Rossiyaga qurolni yaratişda xalaqit bermadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Putin Rossiya yoki suveren bölişi, yoki umuman bölmasligi haqida ma'lum qilgandi.