Jahon | 17:42 / 09.06.2018
10839
3 daqiqa o‘qiladi

G7 davlatlari “tezkor javob qaytarish guruhini” tashkil etadi

Kanadadagi "Katta yettilik" sammitida targ‘ibotdan himoyalanishning yangi tizimini ishlab chiqish haqida qaror qabul qilindi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

“Tez reaksiya bildirish mexanizmi” (Rapid Response Mechanism) saylovlar bilan bog‘liq manipulyatsiyalar, targ‘ibot ishlari, shuningdek, “Rossiya kabi davlatlarning” “yo‘l qo‘yib bo‘lmas harakatlari” va beqarorlashtirish bo‘yicha urinishlariga tez hamda muvofiqlashgan holda javob qaytarish imkonini beradi.

Ta'kidlanishicha, tuzilma keng qamrovli bo‘ladi - kiberhujumlardan to zaharlashgacha bo‘lgan holatlarni qamrab oladi.

Bunday tashabbus Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meydan chiqqan bo‘lib, u AQSh yetakchisi Donald Trampning G8 sammitiga Rossiyani qaytarish bo‘yicha taklifiga qo‘shilmadi. Meyning bildirishicha, uning Moskvaga tegishli pozitsiyasi shundan iboratki, “Rossiya bilan ish ko‘rish kerak, ammo ehtiyot bo‘lish shart”.

Foto: AP /Evan Vucci

Tashabbus maqsadlaridan birida shunday deyiladi: “hamkor davlatlar siyosatini tushunish va tahdidlarga javob choralarini qabul qilish uchun hal qiluvchi jihatlarni yaxshilash”. Buning uchun ehtimoliy tahdidlar va ular bilan kurash usullari haqida ma'lumot almashishni kengaytirish taklif qilinmoqda.

"Biz yaxshilanmoqdamiz, hamda xalqaro tizimni o‘rnatuvchi qoidalarni buzishga harakat qilayotganlarga qarshi muvofiqlashgan holda choralar ko‘ramiz", - deya aytib o‘tdi Mey.

G7’ga a'zo davlatlar yangi himoya tizimi yordamida axborot hujumlari haqidagi ma'lumotni tahlil qilishni, shuningdek, uni bir biri bilan almashishni rejalashtirmoqda. Taxminlarga ko‘ra, ideal holatda hujumga muvofiqlashgan reaksiya bildirilishi lozim, u javob kampaniyasi yoki sanksiyalar bilan ifodalanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya G8’ga nega qaytarilmasligini aytgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid