Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G7 sammitining yangi mavzulari ma'lum qilindi
Foto: AFP
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSh yetakchisi Donald Tramp bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma'lum qildiki, G7 («Katta yettilik») davlatlarining shanba, 9 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan sammitida Shimoliy Koreya, Eron hamda Suriya bilan aloqador bo‘lgan masalalar muhokama qilinadi. Fransiyalik yetakchining so‘zlari Oq uy saytida keltirilgan.
«Bugun kechqurun bizda Shimoliy Koreya bo‘yicha guruh munozaralari bo‘lib o‘tadi - sizda Singapurda bu masala bo‘yicha juda muhim uchrashuv o‘tkaziladi, - shuningdek, Suriya va Eron masalasi tilga olinadi», - deya aytib o‘tdi Makron Trampga.
Bundan tashqari, uning ta'kidlashicha, AQSh yetakchisi bilan munozara «juda ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri» shaklda bo‘lib o‘tgan. Makronning ta'kidlashicha, savdo masalalaridagi «favqulodda» qarama-qarshiliklarga qaramay, har ikki tomon ham «mag‘lubiyatsiz yondashuv»ni topish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning AQSh va KXDR sammitiga ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi aytilgandi.
Mavzuga oid
12:03
G7 va XEA hozircha o‘z neft zaxiralaridan foydalanmaydi
21:13 / 09.03.2026
G7 davlatlari hozircha strategik neft zaxiralarini ishlatmaslikka kelishib oldi
12:02 / 25.02.2026
G7 yetakchilari Ukrainani qat’iy qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi
23:23 / 10.01.2026