Fransiya va Polşa Polşa qurolli kuçlari uçun himoyalangan harbiy aloqa kanalini ta’minlaydigan kosmik sun’iy yöldoşni hamkorlikda barpo etadi. Bu haqda 20 aprel, duşanba kuni Gdanskda bölib ötgan qöşma uçraşuvda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Polşa boş vaziri Donald Tusk ma’lum qildi.

Gap Thales Alenia Space, Airbus Defence and Space hamda RADMOR kompaniyalarining qöşma loyihasi haqida ketmoqda. Thales Alenia Space’ning press-relizida qayd etilişiça, uşbu loyiha Yevropani 2030 yilgaça mustaqil mudofaa imkoniyatlari bilan ta’minlaşga qaratilgan Yevropa Komissiyasining mudofaa rejasi doirasiga kiritilgan. Bitim qiymati oşkor etilmagan.

Reuters ta’kidlaşiça, Yevropa özining mustaqil sun’iy yöldoş xizmatlarini rivojlantirişga intilmoqda. Bu orqali, jumladan, Starlink tizimiga qaramlikni kamaytiriş maqsad qilingan, çunki uning egasi Ilon Maskning siyosiy jihatdan oldindan aytib bölmaydigan pozitsiyasi borasida xavotirlar mavjud. Reuters xabarida aytilişiça, yangi yöldoş geostatsionar orbitada joylaştiriladi va Polşa harbiy aloqasiga xizmat qiladi.

Gdanskdagi uçraşuvda Makron va Tusk yadroviy tiyib turiş, energetika, şuningdek, Yevropaning mudofaa sarmoyalarini moliyalaştiruvçi SAFE — Security Action for Europe taşabbusini ham muhokama qildi.

Tomonlar, şuningdek, raketaga qarşi mudofaa, uzoq masofali qurol-yaroğ tizimlari va raketa hujumi haqida erta ogohlantiriş tizimlari böyiça keyingi hamkorlik yönalişlarini ham belgilab oldi. Bu haqda Tusk va Makronning qöşma bayonotida söz boradi.