O‘zbekiston | 19:29 / 09.06.2018
29238
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent islom institutida azon aytish musobaqasi o‘tkazildi

Kecha Toshkent islom instituti asosiy binosida “Tahfizul-Qur'on” kafedrasi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida “Najotga shoshilaylik” shiori ostida azon aytish musobaqasi tashkil qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: islaminstitut.uz

Talabalarni azonning tarixi hamda uning talaffuzi, tarannumi,  fiqhiy qoidalarini o‘zlashtirishga qiziqishlarini orttirish, shuningdek, azonni mahorat bilan aytish malakasini hosil qilish maqsadida tashkil qilingan ushbu tanlov ikki shart asosida o‘tkazildi.

Birinchi shart azonni mahorat bilan aytib berish. Xakamlar  hay'ati ushbu shartda ishtirokchilarning ovoz, tarannum va to‘g‘ri talaffuz me'yorlarini baholab bordilar.

Foto: islaminstitut.uz

Ikkinchi shartda esa qatnashchilarning azonga doir fiqhiy bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Foto: islaminstitut.uz

Umumiy natijalarga ko‘ra, Abdulahad Mavlanov (1-o‘rin), Muhammad Mardanov (2-o‘rin),   Muhammad Sodiq Ziyouddinov (3-o‘rin) g‘olib, deb topildi. 
Musobaqa ishtirokchilari va g‘oliblari Vaqf xayriya jamoat fondining sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Jumladan, tanlov g‘oliblarining egallagan o‘rniga qarab to‘lov-shartnoma mablag‘larining 1 000 000 so‘m, 500 000 so‘m va 300 000 miqdori to‘lab beriladigan bo‘ldi. 

 

Mavzuga oid