Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev prezidentlar bir-biriga nima sovg‘a qilishini aytib berdi
Foto: Tengrinews
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev davlat rahbarlari bir-biriga nima sovg‘a qilishi haqida gapirdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.
«Odatda davlat rahbarlari bir-biriga sovg‘a berishadi. Menga nima sovg‘a qilishganini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, muzeyga boring. Hammasi o‘sha yerda. Kecha menga 15 metrli ipak material sovg‘a qilishdi, unda Xitoy tog‘lari tasvirlangan va yozuv ham bor. Odatda biz qimmatbaho sovg‘alarni taqdim qilmaymiz, bu odobdan emas. Ammo, e'tibor juda muhim narsa» - dedi Nazarboyev Tsindao shahridagi matbuot anjumanida.
Nazarboyev so‘zlariga ko‘ra, u tog‘ barsining kumushdan yasalgan tasvirini sovg‘a qilgan. Bundan tashqari, qozoq davlati rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putinga XXR do‘stlik ordeni topshirilganiga ham izoh berdi.
«Vladimir Putinni XXR raisi Si Tszinpin orden bilan taqdirladi, buni ijobiy baholadim. Men uni qo‘llab-quvvatlash uchun jahon chempionati ochilish marosimiga boraman. Ba'zilar boykot qilishyapti, ammo men boraman. Biz yaqin do‘stmiz, do‘stona munosabatlardan do‘stlik vujudga keladi, ammo siyosatchilar do‘stligi - muhabbat emas. Bu do‘stlik mamlakatning, boshqarayotgan davlatning manfaatlaridan kelib chiqadi. Shunday sharoitda har narsa bo‘lishi mumkin, suhbatlar ham boshqacha, sovg‘alar ham» , - deb qo‘shimcha qildi Nazarboyev.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti 10 iyun kuni ShHTga a'zo davlat rahbarlarining Tsindao shahridagi 18-kengashida ishtirok etdi.
Mavzuga oid
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025