Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch asosiy kamerali iPhone tasvirlari paydo bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning sentabrida namoyish qilinishi kutilayotgan iPhone smartfoni modeli tasviri paydo bo‘ldi.
Ushbu model 6,5 dyuym diagonalli OLED ekrani, bir kristalli Apple A12 tizimi, shuningdek uch asosiy kamera bilan ta'minlanishi qayd etilgan. Shunday bo‘lsa-da, uch asosiy kamera borasida manbalar bahsi davom etmoqda. Ba'zilar uch asosiy kamerali iPhone keyingi yilda ishlab chiqarilishini aytishsa, yana birovlar Apple kompaniyasi Huawei yo‘lidan borib, shu kuzda Huawei P20 Pro smartfoni raqibini ishlab chiqarishini ta'kidlashmoqda.
Suratlarda shuningdek smartfon korpusi o‘lchamlari 157x 77 mm'ni tashkil qilishi ko‘rsatilgan. Bu uning iPhone 8 Plus smartfoni hajmiga teng bo‘lishidan dalolatdir.
Bundan tashqari, bir asosiy kamera bilan jihozlangan 6,1 dyuym diagonalli ekranga ega byudjyet iPhone modeli tasviri ham taqdim etilgan. Uning o‘lchamlari 147 x 71 mm'ga teng. Bu model ham to‘ng‘ich model kabi True Depth frontal kamera tizimi bilan ta'minlangan.
Mavzuga oid
22:08 / 24.03.2026
Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari dizaynini keskin o‘zgartirishi kutilmoqda
08:34 / 06.03.2026
MacBook Neo - Apple’ning eng hamyonbop yangi noutbugi
21:57 / 04.03.2026
Apple eng arzon MacBook Neo noutbukini taqdim etdi
20:59 / 04.03.2026