Jahon | 22:31 / 12.06.2018
16444
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonning gerbini o‘zgartirish taklif qilindi 

Ostonada Qozog‘iston senatining konstitutsiyaviy qonunchilik, sud tizimi va huquq-tartibot idoralari qo‘mitasi yig‘ilishida “Qozog‘iston Respublikasining ba'zi konstitutsion qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. 

Foto: Qozog‘iston respublikasi parlamenti matbuot xizmati

Jumladan, “Davlat ramzlari haqida”gi qonunga tuzatishlarda Qozog‘iston gerbini o‘zgartirish ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra, gerbdagi “Qazaqstan” so‘zini lotincha harflar bilan yozish taklif qilinmoqda. 

Foto: Turar Kazangapov

Senatorlar shuningdek bir qator boshqa hujjatlarni ko‘rib chiqishgan. Ular orasida Byudjyet kodeksi, Ma'muriy qoidabuzarliklar haqidagi kodeks, saylovlar, mahalliy davlat boshqaruvi, siyosiy partiyalar va davlat xizmati haqidagi qonunlar bor.

Mavzuga oid