Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 14:10 / 12.06.2018
32979
1 daqiqa o‘qiladi
“Mirza Yusuf” jome masjidida “Laylatul qadr” shukuhi (fotojamlanma)
O‘tgan kecha, 11 iyun kuni Ramazonning 26-kechasidan 27-kechasiga o‘tar kechasi butun dunyo mo‘min-musulmonlari “Laylatul qadr” kechasini kutib olishdi. Jumladan, yurtimizda ham uning shukuhi va tarovati o‘zgacha bo‘ldi.
Toshkent shahrida joylashgan “Mirza Yusuf” jome masjidi shu kuni duo talab, Qadr kechasi savobidan umidda bo‘lgan mo‘min-musulmonlar bilan to‘lib-toshdi. Qur'on tilovati, nafl namozlar, zikr va duolar qilindi. Yurtga va har bir mo‘min-musulmon xonadoniga Allohdan fayzu-barokat, tinchlik-xotirjamlik tilandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish