18:02 / 12.06.2018
3829

Mirjalol Qosimov may oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

PFL hamda Championat.asia nashri hamkorligida o‘tayotgan oyning eng yaxshilarini aniqlash so‘rovnomasi navbatdagi g‘olib nomi aniqlandi.

Bungacha “Navbahor” darvozaboni Botirali Ergashev may oyining eng yaxshi posboni sifatida tan olingan bo‘lsa, Arslonmurod Omonovning “Lokomotiv” darvozasiga urgan goli eng chiroyliga aylangandi. Endi esa “Bunyodkor” klubi ustozi Mirjalol Qosimov oyning eng yaxshi murabbiyi uchun beriladigan esdalik sovrinni qabul qilib oladigan bo‘ldi.

Mirjalol Qosimov mart oyida ham eng yaxshi bo‘lishga erishgandi. U bugun PFL sovrinini ikkinchi marta oladi. 

“Bunyodkor” ustozi may so‘rovnomasida jami 50 ochko to‘pladi va “Paxtakor”dagi hamkasbi Shota Arveladzeni 4 ochkoga ortda qoldirdi. Qiziq tomoni, tomonlarning mart oyida o‘tgan o‘yinida Qosimov Arveladzedan ustun kelgandi. May oyidagi takroriy o‘yinda esa “Paxtakor”ning qo‘li baland keldi. Biroq shunda ham gruziyalik mutaxassis kamroq ovoz to‘pladi. “Bunyodkor” Toshkent derbisida imkoniyatni boy bergani bilan, OKMK, “So‘g‘diyona”, “Nasaf” kabi klublardan ustun kela oldi. 

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida “Buxoro” ustozi Ulug‘bek Baqoyev eng yaxshi murabbiy deb topilgan edi.

Mavzuga oid
Top