O‘zbekiston | 23:49 / 12.06.2018
5100
2 daqiqa o‘qiladi

Mudofaa vazirligi tomonidan “Obod harbiy shaharcha” aksiyasi o‘tkazildi

Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Obod harbiy shaharcha” aksiyasida 10 000 nafardan ziyod harbiy xizmatchi va ularning oila a'zolari faol ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati KUN.UZ’ga xabar bermoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

Xususan, Markaziy harbiy okrugi qo‘mondonligi tomonidan aksiya doirasida harbiy qism va muassasalarda “Eng yaxshi, ko‘rkam va ozoda hudud” tanlovi e'lon qilindi. Harbiy shaharchalar, maishiy xizmat ko‘rsatish joylari, oshxona va yuvinish xonalari, harbiy qism tashqari hududlari tartibga keltirilib, ariqlar tozalandi. Tanlovda Samarqand shahrida joylashgan mayor Alisher Qodirov xizmat qilayotgan harbiy qism “Eng yaxshi, ko‘rkam va ozoda hudud”, deb e'tirof etildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

Shuningdek, harbiy okruglarda ham harbiy shaharchalar, harbiy qism hududi va unga tutashgan mahallalar obodonlashtirildi. Ariqlar va oqava suv tizimlari tozalandi, bolalar maydonchalari tartibga keltirildi. Hududlarda yordamga muxtoj keksalar, pensioner va nogironlarning uy-joylari tozalanib, ularga amaliy yordam ko‘rsatildi.