Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tereza Mey AQSh bilan «alohida munosabatlar» haqida gapirdi
Foto: EPA-EFE
Buyuk Britaniya va AQSh o‘rtasidagi qalin hamkorlik munosabatlari shuni anglatadiki, har ikki davlat ma'lum bir muammolar bo‘yicha yagona pozitsiyaga ega emas, ammo hamon yechimni qidirmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey CNBC’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Mey AQSh prezidenti Donald Trampning pozitsiyasiga qo‘shilmaydigan qator masalalar bor, ammo bu «alohida munosabatlarni» o‘zgartirmaydi. Mey buni kelajakda ham davom ettirish istagida.
«Biz po‘lat va alyuminiyga tariflardan norozimiz, ular Yevropa ittifoqi, shu jumladan, Buyuk Britaniyaga nisbatan joriy etildi. Biz Eron yadroviy bitimi bo‘yicha boshqa fikrdamiz», - deya ma'lum qilgan Mey.
Biroq, Mey AQSh bilan munosabatlardagi «sog‘lom» belgilarga ishora qilgan. Xususan, uning ta'kidlashicha, Qo‘shma Shtatlardan Buyuk Britaniyada Skripallar oilasiga uyushtirilgan hujumdan so‘ng rossiyalik diplomatlar chiqarib yuborilgani uchun minnatdordir. Shuningdek, u Singapurda AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In sammiti o‘tkazilgani muhimligini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Mey bilan uchrashuvni nega bekor qilgani aytilgandi.
Mavzuga oid
20:51 / 07.03.2026
Tramp Eronning «yomon xulqi» tufayli yangi nishonlarga «juda kuchli» zarbalar berilishini aytdi
20:26 / 07.03.2026
AQSh Eronni neft daromadlaridan mahrum qilmoqchi
18:05 / 07.03.2026
Eron prezidenti hujumga uchragan qo‘shni davlatlardan uzr so‘radi
15:23 / 07.03.2026