Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xuddi o‘qituvchidek». Tramp Mey bilan uchrashuvni nega bekor qilgani aytildi
Foto: NEW YORK TIMES / REDUX / EYEVINE
AQSh prezidenti Donald Tramp Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan Kvebekda tashkil etiladigan G7 sammitidagi uchrashuvini, uning «o‘qituvchilarga xos» gapirish ohangi sababli bekor qilgan. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar yetakchisiga yaqin bo‘lgan manbalar xabar berdi, deb yozmoqda Telegraph.
«Xafagarchiliklarsiz, biroq u xuddi maktab o‘qituvchisiga o‘xshaydi. U bilan kimdir yaxshi munosabatlarda, deb o‘ylamayman», - deya aytib o‘tgan ikki davlat yetakchilari uchrashuvida ishtirok etgan manbalardan biri.
Ta'kidlanishicha, Trampni Meyning yondashuvi g‘azablantirgan bo‘lishi mumkin. U telefon muloqoti boshida masalalarni muhokama qilish o‘rniga siyosiy jihatlar bo‘yicha chuqurlashib ketgan.
O‘z navbatida, boshqa bir manbaning xabar berishicha, Tramp Meyning ko‘plab iltimoslaridan jahli chiqqan. U Britaniya tomoni AQSh bilan munosabatlardan manfaat olmoqchi ekani haqidagi xulosaga kelgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp va Mey G7 sammitida uchrashmasligi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
07:22 / 28.03.2026
G7 neft zaxiralari: qaysi davlatda qancha?
09:33 / 12.03.2026
G7 Erondagi urush fonida Rossiya neftiga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilmaydi
12:03 / 11.03.2026
G7 va XEA hozircha o‘z neft zaxiralaridan foydalanmaydi
21:13 / 09.03.2026