O‘zbekiston | 12:01 / 15.06.2018
10698
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan tabriknomalar yo‘lladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan qator xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlarini tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Jumladan, Afg‘oniston, Bangladesh, Birlashgan Arab Amirliklari, Indoneziya, Iordaniya, Kuvayt, Malayziya, Misr, Ozarboyjon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Eron, Ummon, Qatar, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari, Islom hamkorlik tashkiloti, Islom taraqqiyot banki, Shanxay hamkorlik tashkiloti, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissariyati, Kavkaz musulmonlari idorasi kabi xalqaro tashkilotlar rahbarlariga tabriknomalar yo‘llangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Moskvadan Toshkentga qaytib kelgani xabar qilingandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid