Yaman xalqi tinchlik talab qilmoqda
Bugunga qadar Yamanda hukumat va "Ansorulloh" harakati o‘rtasida tinchlik o‘rnatishning real imkoniyatlari bo‘lmagan. Mamlakat prezidenti maslahatchisi Abdulmalik Al-Mixlafiy Twitter'da shu haqida xabar berdi.
"Yaman xalqi tinchlikni talab qilmoqda, hukumat ham, arab koalitsiyasi ham shunga erishish tarafdori", - deb yozadi Mixlafiy.
Maslahatchining hisoblashicha, faqatgina "Ansorulloh" harakati isyonchilari qurolsizlantirilganidan keyingina Yamanda tinchlik haqida gapirish mumkin bo‘ladi.
Al-Mixlafiy bundan avval xusiylar BMTning Yamandagi maxsus elchisi Martin Griffit tomonidan taklif qilingan tinchlik shartlariga rozi bo‘lishmaganini yodga soldi.
Yamanda 2014 yildan buyon qurolli nizolar davom etib kelmoqda. Unda bir tomondan - "Ansorulloh" shia harakati isyonchilari, ikkinchi tomondan - sobiq prezident Ali Abdulloh Solihning tarafdorlari, yana boshqa tomondan esa amaldagi prezident Abdurabbu Mansur Xadiyga xizmat qiluvchi hukumat qo‘shini ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
10:10 / 26.11.2024
Rossiya Ukrainadagi urushga yamanliklarni yollamoqda - The Financial Times
19:21 / 24.11.2024
FT: Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi. Ular shartnoma imzolashga majburlanmoqda
11:20 / 11.11.2024
AQSh Yamandagi husiychilarning qurol omborlariga zarba berdi
12:37 / 27.07.2024