Dekabr oxirida Saudiya boşçiligidagi koalitsiya Yamandagi BAA kemalariga zarba berdi. Bu – Yaman inqirozining şunçaki husiylar va hukumat qarama-qarşiligi emas, balki murakkab mintaqaviy raqobat mahsuli ekanini yana bir bor körsatib berdi. Kun.uz bu mavzu şarhi uçun “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilarga yuzlandi.
Ekspertlarga köra, sönggi yillarda Saudiya Arabistoni va Birlaşgan Arab Amirliklari Yamanda tinçlik örnatiş uçun bir frontda harakat qilgandek körinsa-da, aslida ularning strategik manfaatlari tobora töqnaş kelmoqda.
— Saudiya Arabistoni va BAA Yamanda nega töqnaşdi?
Şavkat Ikromov: Bu voqealar kutilmagan emas edi. Yaman atrofidagi keskinlik yillar davomida şakllanib kelgan va qaçondir oçiq töqnaşuvga olib kelişi aniq bölgan. Mamlakat uzoq vaqt xalqaro e’tibordan çetda qolgandek tuyulgan bölsa-da, içki ziddiyatlar doim saqlanib kelgan. Jarayonlar 2011 yilgi Arab bahori bilan boşlandi. Bu tölqin Yamanda nisbatan muvaffaqiyatli keçdi va 2014 yilda husiylar isyoni natijasida amaldagi hukumat ağdarildi.
Husiylar – şialikning alohida yönalişiga mansub, Eron bilan yaqin aloqalarga ega harakat. Ular hokimiyatning muhim qismini egallagaç, 2015 yilda Saudiya Arabistoni boşçiligida 9 ta arab davlatidan iborat koalitsiya Yamanga harbiy aralaşuvni boşladi. Rasmiy bayonotlarda bu operatsiya qisqa muddatli bölişi, mamlakatda legitim hukumat örnatilgaç, qöşinlar olib çiqilişi aytilgan edi. Biroq Saudiya Arabistoni Yamanning murakkab ijtimoiy va tarixiy tuzilişini yetarliça inobatga olmadi. Yaman asosan toğli hududlardan iborat bölib, asrlar davomida qabilaviy boşqaruv ustun bölib kelgan. Markazlaşgan hokimiyat bu yerda heç qaçon töliq işlamagan: qabilalar öz hududlarini mustaqil nazorat qiladi, markaziy hokimiyat bilan esa faqat şartli kelişuvlar asosida munosabat yuritadi.
2019 yilga kelib Saudiya Arabistoni harbiy yöl bilan ğalabaga erişib bölmasligini anglab yetdi. Koalitsiya içida ham parokandalik kuçaydi: Sudan qöşinlarini olib çiqdi, Qatar çekinişni boşladi. Şu fonda ar-Riyod muzokaralarga ötişga majbur böldi. Qolaversa, husiylar Eron bilan kelişgan holda Saudiya neft infratuzilmasiga zarbalar berib, mamlakat daromadlariga jiddiy zarar yetkazgan edi. Muzokaralar natijasida Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Arab Amirliklari va Yaman tomonlari federal tuzilişga asoslangan kelişuvga yaqinlaşdi. Janubga muayyan avtonomiya berilişi, husiylarning ham boşqaruvda iştiroki nazarda tutilgan edi. Dastlab bu model nisbatan barqarorlik olib kelgandek böldi. Ammo oradan vaqt ötib, husiylar Eron kömagida yana kuçaydi, poytaxtni va mamlakatning muhim hududlarini egalladi.
Bu jarayonda Birlaşgan Arab Amirliklari janubiy kuçlarni faol qöllab-quvvatladi. Sababi oddiy: Bob al-Mandab böğozi va yirik portlar ustidan nazoratni qölga kiritiş. BAA global dengiz savdosida muhim örin tutadi va Yaman portlari ustidan ta’sirni kengaytiriş orqali öz geoiqtisodiy mavqeyini mustahkamlaşga intiladi. Bu esa Saudiya Arabistoni manfaatlariga zid edi. Natijada 2019 yilgi kelişuv buzildi, Saudiya Arabistoni va BAA örtasida yaşirin raqobat oçiq ziddiyatga aylandi.
Bu ikki davlat faqat Yamanda emas, Sudanda ham proksi uruş olib bormoqda. Har ikki hududda ular turli guruhlarni qöllab-quvvatlab, mintaqaviy ta’sir uçun raqobatlaşmoqda. Bu holat köp duç kelinadigan savolga ham javob beradi: nega arab davlatlari birlaşib, Ğazoda Isroilga qarşi harakat qila olmaydi? Çunki ular özaro kelişa olmaydi. Yaman bunga yorqin misol. Arab sivilizatsiyasining qadimiy markazi bölgan bu hudud bugun ham strategik global dengiz savdosining muhim yölaklarini nazorat qiliş imkonini beradi. Şu sababli Yamanda tinçlik yöq.
Geosiyosatda “geografiya – taqdir” degan tuşunça bejiz emas. Yamanning joylaşuvi unga barqarorlik emas, balki doimiy raqobat, aralaşuv va uruşlarni olib keldi.
Kamoliddin Rabbimov: Bir neça yil avval WikiLeaks asosçisi Julian Assanj AQŞ Davlat departamentining maxfiy diplomatik yozişmalarini oşkor qilgan edi. Bu hujjatlar orasida Saudiya Arabistoni va Birlaşgan Arab Amirliklari örtasidagi yaşirin raqobat ham oçiq aks etgan. Diplomatik yozişmalarda amirliklar muntazam ravişda Vaşingtonga şunday mazmunda murojaat qilgani ma’lum böldi: “Saudiya Arabistoniga emas, aynan bizga tayaning”.
Amirliklar AQŞni Saudiya Arabistoni “katta, lekin beqaror va injiq davlat” ekani, uning siyosiy yönalişi istalgan paytda özgarişi mumkinligi bilan ogohlantirgan. Özini esa AQŞ uçun işonçli, barqaror va uzoq muddatli hamkor sifatida taqdim etgan. Şuningdek, BAA Isroil bilan munosabatlarni maksimal darajada yaxşilaşga tayyorligini bildirgan va bu siyosat bugun amalda töliq namoyon bölmoqda.
Qatar Saudiya Arabistoniga oçiqçasiga qarşi pozitsiya egallagan bölsa, Birlaşgan Arab Amirliklari taşqi tomondan ar-Riyod bilan kelişgandek körinadi, ammo amalda öz mustaqil siyosat yuritadi. Saudiya Arabistoni tarixan quruqlik davlati bölsa, BAA asrlar davomida dengiz savdosiga tayangan jamiyat bölgan. Hatto XIX asr manbalarida Fors qöltiği hududidagi arab qabilalari “dengiz qaroqçilari” sifatida ham tilga olingan.
Bugungi kunda Yaman de-fakto uç qismga bölingan. Husiylar Eron tomoniga tayanadi. Mamlakatning boşqa hududlari esa ilgari Saudiya Arabistoni va BAA umumiy ta’siri ostida edi. Ammo hozir vaziyat özgardi: janubdagi Muvaqqat kengaş BAA kömagida Saudiya Arabistoni ilgari ilgari surgan Yagona Yaman loyihasidan çiqib, mustaqil davlat tuziş yöliga ötmoqda.
Saudiya Arabistoni Yamanning bölinişiga qat’iyan qarşi. Riyod uçun bu masala prinsipial: Yamanning parçalanişi Saudiya içidagi ehtimoliy separatistik ssenariylar uçun xavfli namuna bölişi mumkin. Ayrim Ğarb konsepsiyalarida Saudiya Arabistonini kelajakda bir neça mustaqil davlatlarga böliş ğoyalari mavjudligi Riyodni yanada ehtiyotkor bölişga majbur qilmoqda.
BAA esa, aksinça, mintaqada mustaqil proksi kuçlar yaratişga faol kirişgan. Somali, Somalilend va Afrikaning boşqa hududlarida BAA moliyaviy va siyosiy ta’sirini kengaytirmoqda. Bunga uning katta moliyaviy resurslari, AQŞ bilan yaqin munosabatlari va Isroil bilan eng iliq aloqalarga ega arab davlati ekani zamin yaratmoqda.
Janubiy Yaman kuçlari allaqaçon oçiq bayonot beryapti: agar Isroil ularni mustaqil davlat sifatida tan olsa, ular ham Isroilni tan oladi. Şunga öxşaş ssenariy Somalilend misolida körildi – Isroil bu hududni birinçilardan bölib tan oldi va AQŞda uning manfaatlarini lobbi qilmoqda. Xuddi şu model BAA qöllab-quvvatlayotgan yamanlik kuçlar tomonidan ham ilgari surilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Yamandagi vaziyat faqat içki mojaro emas. Bu Saudiya Arabistoni va Birlaşgan Arab Amirliklari örtasidagi keng kölamli geosiyosiy, geoiqtisodiy va geostrategik raqobatning bir qismi hisoblanadi. Bu kuraş mintaqaning kelajakdagi siyosiy xaritasini belgilab berişi mumkin.
Suhbatni töliq YouTube platformasida tomoşa qilişingiz mumkin.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.











