Jahon | 10:54 / 18.06.2018
13887
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainalik deputat «falokat» haqida ogohlantirdi

Foto: Getty Images

Ukraina Oliy radasi deputati Vadim Rabinovich mamlakatda «falokat» yuz berishi mumkin ekani haqida ma'lum qildi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa va XVJ iqtisodiy yordam ko‘rinishi ostida «Ukraina milliy boyligini talon-toroj qilishni» rejalashtirmoqda. Deputatning ta'kidlashicha, Ukraina kredit transhlari bo‘yicha umumiy hisobda 117 mlrd dollar to‘lashga majbur bo‘ladi.

«Bizni shu sirtmoq va tuzoqqa olib kelib qo‘yishdi: 117 milliard! Bu inqirozga uchrashi deyarli aniq bo‘lgan iqtisodiyot, bu o‘lik ipoteka. Kompyuteri yo‘q bo‘lgan, ammo hisoblari bor istalgan tashkilot Ukraina bunday pullarni qaytara olmasligini osonlik bilan hisoblab chiqishi mumkin. Sizlar bizni oxirigacha bo‘g‘ishga harakat qilmoqdasiz, keyin esa iqtisodiy tizimimiz buzilishini istaysiz. Oxir-oqibat esa mamlakatni ozod qilish rejasi bor», - deya ma'lum qildi Rabinovich «112 Ukraina» telekanali efirida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrainalik general Rossiya hammasini qaytarishi haqida ma'lum qilgandi

Mavzuga oid