Ukraina BMT Xalqaro sudiga taqdim etilgan Rossiyaga qarşi memorandumdan «aniq manfaat» oladi. Bu haqda Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi rahbari sobiq örinbosari, general-leytenant Igor Romanenko «Apostrof» naşriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

U memorandumni rossiyaliklar uçun «sovğa» deb atab, unda «Ukrainaga qarşi katta siyosatni yöqqa çiqariş imkonini beruvçi» jihatlar borligini bildirdi.

Şuningdek, Romanenkoning ma'lum qilişiça, «Gazprom» Kiyevga 2 mlrd dollarni «ertami yoki keç» beradi. Uning sözlariga köra, «bu yerdagi manfaat aniqdir».

«Ular bizga barçasini ertami yoki keç qaytaradi», - deya aytib ötdi Romanenko.

Ukrainalik generalning ta'kidlaşiça, Ukraina bu vaziyatda barça yönalişlar böyiça harakat qilişi lozim.

Avvalroq, Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Haagadagi Xalqaro sudga memorandum topşirilgani, unda Rossiya tomoni Terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş töğrisidagi konvensiya va Irqiy kamsitişni tugatiş töğrisidagi konvensiyani buzayotgani aytilgani haqida xabar bergandi.

Eslatib ötamiz, bundan avval ukrainalik deputat Rossiyani qanday qilib mağlub etiş mumkinligini aytgandi.