Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonunchilikka raqamli bank tushunchasi kiritilmoqda
Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Markaziy bankning “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom” (ro‘yxat raqami 2014, 2009 yil 8 oktabr) loyihasi e'lon qilindi.
Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizomga quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilishi mumkin:
1-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:
“raqamli bank - innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda (kassa xizmatini ko‘rsatmasdan) bank xizmatlarini masofaviy ko‘rsatuvchi bank yoki uning tarkibiy bo‘linmasi. Raqamli banklar tomonidan bank xizmatlarini masofaviy ko‘rsatish bankning ichki tartiblariga asosan qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi;”;
uchinchi-sakkizinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi-to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
beshinchi xatboshidagi “litsenziyalash departamenti” degan so‘zlar “litsenziyalovchi departament” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
yettinchi xatboshidagi uchinchi jumla chiqarib tashlanadi.
19-bandning yettinchi xatboshisidan “va dividendlar” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
28-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“28. Bankning rahbar xodimlariga quyidagilar kiradi:
bank kengashining raisi va a'zolari;
boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlari;
boshqaruv a'zolari,
bosh bankning bosh buxgalteri;
bank filiallarining rahbarlari hamda ularning bosh buxgalterlari. Ushbu bandda keltirilgan shaxslarga nisbatan (bank kengashi raisi va a'zolaridan tashqari) “Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a'zolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablari”ga (ro‘yxat raqami 2989, 2018 yil 30 mart) muvofiq malaka talablari belgilanadi.”.
29-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
67-banddagi “Lisenziyalash departamenti Kredit tashkilotlari, kredit byurolari faoliyatini litsenziyalash hamda banklar va kredit byurolarini ro‘yxatga olish komissiyasiga” degan so‘zlar “Lisenziyalovchi departament Bank nazorati qo‘mitasiga” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
74-bandning “d” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
77-1-bandning ikkinchi xatboshidagi “o‘n besh” degan so‘zlar “o‘n” degan so‘z bilan almashtiriladi.
107-banddan oltinchi xatboshi chiqarib tashlanadi.
Mavzuga oid
17:48 / 20.05.2026
Bankda oltin quymasini qanday sotib olish mumkin?
20:41 / 08.05.2026
Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026