Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuror Otabek Murodov YeXHT bosh kotibi bilan uchrashdi
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
2018 yilning 15 iyun kuni bosh prokuror O.Murodov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Tomas Greminger bilan uchrashdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh kotibga O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarni oldini olish, terrorizm va korrupsiyaga qarshi kurashish, tadbirkorlik va investitsiyalarni rivojlantirish sohalarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot berildi.
T.Greminger O‘zbekiston Respublikasi prezidentining BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida bayon etgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini alohida ta'kidlab, jumladan, YeHXT rahnamoligida iyun oyida Toshkentda ekstremizmga qarshi kurashishda yoshlarning roli borasida o‘tkazilgan xalqaro anjuman ahamiyatini e'tirof etdi.
T.Greminger O‘zbekistonda shiddat bilan kechayotgan yangilanishlar jarayoniga to‘xtalib, bu o‘z o‘rnida butun Markaziy Osiyo mintaqasiga ijobiy ta'sir etayotganligi ta'kidladi.
Boshqa barcha sohalarda yangilanishlar uchun negiz sifatida huquqiy islohotlar va qonun ustuvorligini ta'minlash nihoyatda muhimligini tasdiqlagan holda, janob T.Greminger bu yo‘nalishda O‘zbekiston sa'y-harakatlarini kelgusida ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.
Taraflar YeHXTning har uch yo‘nalishini qamrab oluvchi hamkorlikni yanada mustahkamlashning amaliy jihatlarini muhokama qildilar.
Tashkilotning mazkur sohalar bo‘yicha platformasi va vositalari hamda to‘plangan ekspertlik salohiyati O‘zbekistonda kechayotgan islohotlar jarayonida qo‘llanilishi ta'kidlandi.
Mavzuga oid
10:23 / 16.01.2026
Grenlandiya masalasi: YeXHT “darhol javob berishga tayyor”
21:07 / 08.12.2025
O‘zbekiston YeXHTni irqchilik va ksenofobiyaga qarshi kurashishga chaqirdi
09:46 / 17.10.2025
YeXHT raisi Gurjistonda mitingda qatnashgani uchun jarimaga tortildi
13:01 / 25.07.2025