Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda ikki kishi zovurda cho‘milayotganida cho‘kib ketdi
9 iyun kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida yashagan I.I. va Romiton tumanida yashagan O.M.lar Xupkalak qishlog‘idan oqib o‘tuvchi zovurda cho‘milayotganlarida ehtiyotsizliklari oqibatida suvga cho‘kib ketganlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, jasadlar suvdan topib olingan.
«Hurmatli fuqarolar, turli xil cho‘milish joylariga boradigan bo‘lsangiz, xavfsizlik choralarini ko‘ring. O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotiga befarq bo‘lmang. Yosh bolalaringizni cho‘milish joylariga nazoratchisiz yubormang va ularni nazoratsiz qoldirmang», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026