Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Mudofaa vazirligi bugun Qrimda yig‘ilish o‘tkazadi
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Qrimda mamlakat Mudofaa vazirligi kollegiyasining sayyor yig‘ilishini o‘tkazadi. Bu haqda RIA «Novosti» mahkama xabariga asosan yozmoqda.
«Kollegiya 2018 yil uchun davlat mudofaa buyurtmasi vazifalarini aniqlashtirish bo‘yicha takliflar hamda 2019 va 2020 yillarga mo‘ljallangan rejalarni ko‘rib chiqadi», - deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.
Ta'kidlanishicha, yig‘ilishda vazirlikda qurollar, harbiy va maxsus texnikada mahalliy apparat-dasturiy platformalarga o‘tish asosiy masalalardan biriga aylanadi.
Shuningdek, kollegiya a'zolari Janubiy harbiy okrugning 2020 yilgacha faoliyati bo‘yicha ishlarni muhokama qiladi.
Kollegiya ishida Rossiya qurolli kuchlari rahbarlik tarkibi, Qrim rahbari Sergey Aksenov, Sevastopol gubernatori Dmitriy Ovsyannikov, davlat hokimiyati organlari, mudofaa sanoati kompleksi va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etadi.
Kollegiya yig‘ilishi bugun, 20 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina birinchi prezidenti Rossiya Qrimdan o‘z xohishiga ko‘ra voz kechishi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
17:21 / 17.06.2026