Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston tadbirkorlarni birgalikda himoya qilishga kelishib oldi
O‘zbekiston va Qozog‘iston tadbirkorlarni birgalikda himoya qiladi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi «Atameken» Milliy tadbirkorlar palatasining xabarida aytilgan.
Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha prezidentning vakolatli vakili Dilmurod Qosimov va Qozog‘iston ishbilarmonlari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatli vakil Bolat Palimbetov bitim imzoladi.
Hujjatda ikki mamlakat o‘rtasida tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish va axborot almashish sohasida hamkorlikni o‘rnatish nazarda tutilgan. Tomonlar ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ish olib boradilar, ish ular faoliyatining ochiqligi, samaradorligi hamda konstruktivligi prinsiplari asosida quriladi.
Davlatlarning milliy qonunchiligini to‘g‘ri qo‘llash, ilmiy-amaliy anjumanlarda, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun konsultativ-huquqiy yordam ko‘rsatish ham nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar joriy etildi
11:51 / 27.10.2025
Soliq nizolarini ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashi ish boshlaydi
17:58 / 24.10.2025