Jahon | 09:40 / 21.06.2018
5719
1 daqiqa o‘qiladi

Eron AQSh bilan qanday shartda hamkorlik qilishini bildirdi

Foto: AP Photo/Richard Drew

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifning Iran Daily nashri uchun maqolasida yozishicha, mamlakat hukumati AQSh bilan, agarda Qo‘shma Shtatlar rasmiylari siyosiy prinsiplarni buzish va bostirib kirish bo‘yicha tahdidlar qilishdan to‘xtasa, hamkorlik qiladi.

«Agarda AQSh hukumati o‘zida iroda topib, bunday siyosatdan ham so‘zda, ham amalda voz kechsa, uning global izolyatsiyasi tugaydi», - deya yozgan Zarif.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, bu shart bajarilsa, dunyoda Qo‘shma Shtatlarning «yangi obrazi» paydo bo‘ladi. Uning fikricha, bu mamlakatga jahon hamjamiyatida xavfsizlikni va farovonlikni ta'minlash bo‘yicha birgalikda ishlash uchun «yo‘l yaratadi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Rossiyaning neft bo‘yicha taklifini bloklashi xabar qilingandi

Mavzuga oid