Jahon | 21:40 / 21.06.2018
25995
1 daqiqa o‘qiladi

Intel rahbari “ishdagi ishq” sababli o‘z lavozimini tark etdi

Foto: intel.com

Oxirgi 5 yil davomida Intel kompaniyasining ijrochi direktori lavozimini egallagan Brayan Krjanich iste'foga chiqdi. Uning o‘rnini kompaniyaning moliyaviy direktori Robert Svon vaqtinchalik egalladi.  

Kompaniyaning ma'lum qilishicha, Krjanich ichki tergov uning kompaniya xodimlaridan biri bilan yaqin aloqada bo‘lganini tasdiqlaganidan keyin iste'foga ketishga majbur bo‘lgan. Rahbarlarning xodimlar bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lishi kompaniyaning qoidalariga zid hisoblanadi.  

Ayni vaqtda kompaniya Krjanich o‘rniga nomzod izlamoqda. The Verge’ning ta'kidlashicha, 1982 yildan beri Intel’da ishlab kelgan Krjanichning biografiyasi kompaniya saytidan o‘chirib tashlangan.

Mavzuga oid