Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda yuz bergan YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
Buxoro viloyatining Kogon tumanida 23 iyun kuni Buxoro shahrida yashovchi B.R. “Spark” rusumli avtomashinasini Geofizika mahallasidan o‘tuvchi A-380 yo‘lida haydab ketayotgan vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan kelayotgan “Lada-21015” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada “Lada-21015” avtomashinasi haydovchisi E.S., “Spark” avtomashinasi yo‘lovchilari, Buxoro shahrida yashagan 2 nafar yo‘lovchi A.O. va A.T. olgan jarohati sabab voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, “Spark” avtomashina haydovchisi B.R., yo‘lovchilari, birga yashovchi ukasi F.R., Buxoro shahrida yashovchi M.H. hamda “Lada-21015” avtomashinasi yo‘lovchisi, Kogon shahrida yashovchi L.Yu. ismli ayollar turli darajadagi tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
09:44 / 19.04.2026
Jizzax viloyatida avtobus YTHga uchradi
20:10 / 18.04.2026
Buxoroda mast haydovchi YTH sodir etdi
19:00 / 16.04.2026
“Bir joyingga tiqib qo‘yaman hozir” - Toshkentda qoidabuzar haydovchi boshqa haydovchiga tahdid qildi
18:42 / 13.04.2026