O‘zbekistonlik para-atletikachilar Rio-2016 paralimpiya o‘yinlari chempionlarini ortda qoldirishmoqda
22-25 iyun kunlari Tunisda paralimpiyaning yengil atletika sport turi bo‘yicha Xalqaro Gran-pri turniri bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 20 davlatdan 180 nafar sportchi ishtirok etib, ular orasida 9 nafar o‘zbekistonlik paralimpiyachilar ham sovrinli o‘rinlar uchun kuch sinashishdi.
Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining KUN.UZ'ga xabar berishicha, hamyurtlarimiz ushbu nufuzli turnirda 1 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza, jami 10 ta medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston hisobiga qo‘shib qo‘yishdi. Jumladan:
Axmedov Doniyor
200 m yugurish 00:22.75 - oltin medal;
100 m yugurish 00:11.38 - kumush medal;
400 m yugurish 00:53.71 - bronza medal.
Saxatov Miron
Uzunlikka sakrash 5.58 m - kumush medal.
Qurbonov Mirjalol
100 m yugurish 00:12.79 - kumush medal.
Murodullayev Marufjon
400 m yugurish 00:52.02 – kumush medal;
800 m yugurish 02:02.89 – bronza medal;
1500 m yugurish 04:26.74 – bronza medal.
Yana bir hamyurtimiz Sultonov Elbek disk uloqtirish bo‘yicha (36.42 m) kumush medalni qo‘lga kiritib, yadro otishda Rio-2016 paralimpiya o‘yinlari g‘olibi, eronlik sportchi Saman Pakbazdan ustidan g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston delegatsiyasi 26 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:30 da Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qaytadi.
Mavzuga oid
12:24 / 20.02.2024
O‘zbekiston va Tunis mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi
13:24 / 25.10.2023
Yerosti hovli uylarida yashaydigan odamlar – Tunisdagi Matmata shahri haqida
18:17 / 09.08.2023
O‘rta Yer dengizida migrantlar qayig‘i cho‘kib ketib, o‘nlab kishilar halok bo‘ldi
09:42 / 17.07.2023