Tarantino Di Kaprio va Pitt ishtirokidagi yangi film suratga olmoqda
Leonardo Di Kaprio o‘zining Instagram sahifasida Kventin Tarantinoning yangi filmidan olingan kadr bilan bo‘lishdi. Filmda Di Kaprio hamkasbi Bred Pitt bilan birga suratga tushgan.
Suratda Di Kaprio va Pitt qahramonlar siymosida aks etishgan, biri - vesternlarning yoshi o‘tib borayotgan yulduzi, ikkinchisi esa - uning dublyori. Aktyorlar Tarantino kinokarerasida to‘qqizinchi va eng so‘nggi bo‘lishi kutilayotgan "Bir kuni Hollivudda" kartinasida suratga tushishmoqda.
Film syujyeti aktrisa Sheron Teyt (Margo Robbi) o‘limi atrofida rivojlanadi. Sheron Teyt — rejissyor Roman Polanskining marhum turmush o‘rtog‘i. Charlz Menson kulti davomchilari ayol homiladorligining so‘nggi oyida uni shafqatsizlarcha o‘ldirishgan.
"Bir kuni Hollivudda" kriminal dramasi premerasi 2019 yilning avgustiga rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
20:26 / 09.01.2020
Aktyor Leonardo Di Kaprio 11 soat dengizda qolib ketgan erkakni qutqardi
21:07 / 18.10.2019
Bryus Lining qizi shikoyat qilganidan so‘ng Xitoyda "Bir kuni Hollivudda" filmi namoyishi qoldirildi
16:43 / 17.12.2018
«Katrina» dovulidan jabrlanganlar 13 yil o‘tib Bred Pittni sudga berishdi
08:34 / 08.08.2018