Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung va Apple 7 yillik bahsga nuqta qo‘ydi
Foto: Peter Macdiarmid/Getty Images
Samsung va Apple kompaniyalari suddan tashqari tartibda smartfon dizayni bilan bog‘liq 7 yil davom etgan patent bahsi bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda Kaliforniya shtatining Shimoliy okrugi sudi elektron bazasida joylangan hujjatlarda aytilgan.
Hujjatlarda ta'kidlanishicha, shikoyatchi va javob beruvchi sudni “o‘zaro e'tirozlarini hal qilish va shikoyat arizalarini qaytarib olish” haqida xabardor qilishgan. Shu munosabat bilan sud avvalgi sabablarga ko‘ra boshqa shikoyat berish huquqini saqlamagan holda ishni yopgan. Kompaniyalar erishgan kelishuv tafsilotlari oshkor qilinmagan.
Ushbu bahs 2011 yildan – Apple Samsung’ni iPhone dizaynidan nusxa olishda gumon qilib, intellektual mulkka huquqni buzganlikda ayblagandan beri davom etib kelgan. 2012 yilda Kaliforniyadagi sud Samsung’ning 11 ta smartfon modelida Apple ishlanmalari qo‘llanganligi haqida qaror chiqarib, Janubiy Koreya kompaniyasiga 399 mln dollar to‘lab berish majburiyatini qo‘ygan. Samsung bu qaror bo‘yicha arz qilgan va oxir-oqibat ish AQSh oliy sudigacha yetib borgan.
Kompaniyalar sud jarayoni vaqtida bir-birlariga qarshi o‘nlab shikoyatlar va apellyatsiyalar topshirishgan.
Mavzuga oid
21:49 / 12.01.2026
Apple 2025 yilda smartfonlar bozorida jahon yetakchisiga aylandi
15:00 / 06.01.2026
Samsung CES 2026 ko‘rgazmasida: kelajak uyi, AI-texnologiyalar va sovrinli o‘yin
22:41 / 18.12.2025
Apple 2026 yilda iPhone Pro dizaynini tubdan o‘zgartiradi
14:03 / 17.12.2025