Samsung va Apple kompaniyalari suddan taşqari tartibda smartfon dizayni bilan boğliq 7 yil davom etgan patent bahsi böyiça kelişib oldi. Bu haqda Kaliforniya ştatining Şimoliy okrugi sudi elektron bazasida joylangan hujjatlarda aytilgan.
Hujjatlarda ta'kidlanişiça, şikoyatçi va javob beruvçi sudni “özaro e'tirozlarini hal qiliş va şikoyat arizalarini qaytarib oliş” haqida xabardor qilişgan. Şu munosabat bilan sud avvalgi sabablarga köra boşqa şikoyat beriş huquqini saqlamagan holda işni yopgan. Kompaniyalar erişgan kelişuv tafsilotlari oşkor qilinmagan.
Uşbu bahs 2011 yildan – Apple Samsunğni iPhone dizaynidan nusxa olişda gumon qilib, intellektual mulkka huquqni buzganlikda ayblagandan beri davom etib kelgan. 2012 yilda Kaliforniyadagi sud Samsunğning 11 ta smartfon modelida Apple işlanmalari qöllanganligi haqida qaror çiqarib, Janubiy Koreya kompaniyasiga 399 mln dollar tölab beriş majburiyatini qöygan. Samsung bu qaror böyiça arz qilgan va oxir-oqibat iş AQŞ oliy sudigaça yetib borgan.
Kompaniyalar sud jarayoni vaqtida bir-birlariga qarşi önlab şikoyatlar va apellyatsiyalar topşirişgan.












