Jahon | 19:51 / 29.06.2018
11170
2 daqiqa o‘qiladi

Daniya o‘rmonida piyoda sayr uchun noyob spiralsimon inshoot paydo bo‘ladi

Daniyaning EFFEKT me'morchilik studiyasi Kopengagendan bir soatlik masofadagi Xaslev shahri yaqinidagi o‘rmon uzra qad ko‘targan spiralsimon inshootni loyihalashtirdi. Asosiy g‘oya o‘rmonda shunchaki sayr qilmasdan, uni qush parvozi balandligidan kuzatish va bunda tabiatga ziyon yetkazmaslikdan iborat.

Tuzilmaning markaziy elementi — daraxtlar uzra qad ko‘targan va atrofdagi go‘zal landshaft manzarasini 360 darajada namoyon qiluvchi 45 metr balandlikdagi spiralsimon minora. 

Foto: effekt

600 metr uzunlikdagi sayr yo‘lagi yer ustidan, ostidan va daraxtlar orasidan minora tomon olib boradi.

Foto: effekt

Butun marshrut ikki seksiyaga bo‘linadi: balandlikda eng qadimiy daraxtlar orasida sayr qilish va balandlikdan qo‘rqadiganlar uchun variant - yerga yaqin joylashgan va yoshroq daraxtlar sari olib boruvchi yo‘lak. 

Foto: effekt
Foto: effekt
Foto: effekt
Foto: effekt
Foto: effekt

Noyob loyiha 2018 yilda amalga oshiriladi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid