Jahon | 12:32 / 30.06.2018
8670
1 daqiqa o‘qiladi

Armaniston prezidenti: «Yangi Armaniston» AQSh bilan munosabatlarni mustahkamlaydi

Foto: Armaniston davlati rahbarining matbuot xizmati

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashdi. Bu haqda Armaniston davlati rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv 29 iyun kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan.

«Prezident Sarkisyan iliq va ochiq muhitda Armaniston arman-amerika hamkorligini rivojlantirishga muhim e'tibor qaratayotganini ta'kidlab o‘tdi. U davlat kotibiga «yangi Armaniston» Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlarni mustahkamlashda davom etishini bildirdi», - deyiladi xabarda.

Armen Sarkisyan Vashingtonga to‘rt kunlik amaliy tashrif bilan keldi. Armaniston prezidenti Smitson institutining arman merosiga bag‘ishlangan «Milliy hayot» festivalida ishtirok etgan. Shuningdek, Sarkisyan AQSh kongressida va arman hamjamiyati vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Mavzuga oid