Jahon | 20:02
974
2 daqiqa o‘qiladi

Politico Rubioni 2028 yilda AQSh prezidentligiga nomzod deb hisoblamoqda

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Rubioning afzalliklari – uning xorijiy mojarolarni hal qilishda «mohirona yondashuvi», shuningdek, «siyosiy tuzoqlardan qochish» qobiliyati.

Foto: REUTERS

Prezident Donald Trampning ba’zi safdoshlari davlat kotibi Marko Rubioni 2028 yilgi saylovda AQSh prezidenti lavozimiga «jiddiy nomzod» sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda Politico Oq uydagi manbalarga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Rubioning afzalliklari – uning xorijiy mojarolarni hal qilishda «mohirona yondashuvi», shuningdek, «siyosiy tuzoqlardan qochish» qobiliyati.

Politico nashrining yozishicha, bu «bir vaqtlar haddan tashqari jangari, haddan tashqari konservativ va 2016 yilgi prezidentlik kampaniyasining muvaffaqiyatsizligi tufayli Respublikachilar partiyasida ahamiyat kasb etish uchun juda jarohatlangan siyosatchi uchun hayratlanarli burilishdir». Ta’kidlanishicha, uning mavqeini Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni ag‘darishdagi roli va Trampga sadoqati mustahkamlagan.

Politico mart oyida Konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasi (Conservative Political Action Conference) tomonidan norasmiy ravishda o‘tkazilgan so‘rov natijalarini eslatdi. Unga ko‘ra, Marko Rubioning reytingi 2025 yildagi 3 foizdan 35 foizgacha keskin oshgan. Vitse-prezident Jyey Di Vens reytingi 2025 yildagi 61 foizdan 53 foizga tushdi, garchi u prezidentlikka nomzodlar orasida yetakchi bo‘lsa-da.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid