Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uitkoff va Kushnerning Eron bilan muzokaralar uchun Pokistonga safari bekor qilindi
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
Donald Tramp Fox News jurnalisti Oysha Hasniyega Eronning muzokaralardagi pozitsiyasi tufayli o‘z elchilari Stiv Uitkoff va Jared Kushnerning Islomobodga safarini bekor qilganini aytdi.
«Men odamlarimga biroz oldin, ular uchishga tayyorlanayotganda: «Yo‘q, siz u yerga 18 soat uchmaysiz. Hamma imkoniyat bizda. Ular bizga istalgan vaqtda qo‘ng‘iroq qilishi mumkin, lekin siz endi hech narsani muhokama qilib o‘tirish uchun 18 soatlik parvozlarni amalga oshirmaysiz», deb Fox News Tramp so‘zlarini keltirdi.
Axios jurnalisti Barak Ravid, shuningdek, Uitkoff va Kushnerning safari bekor qilinganini aytdi. U telefon orqali Tramp bilan suhbatlashganini ta’kidladi.
«Hozirgi vaziyatda ularni 18 soatlik reysga jo‘natishning ma’nosini ko‘rmayapman. Bu juda uzoq. Biz buni telefon orqali ham qilishimiz mumkin», dedi Tramp unga.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
19:37 / 01.07.2026