Jahon | 18:23 / 03.07.2018
13007
2 daqiqa o‘qiladi

Tailandda maktab o‘quvchilari 10 kundan buyon g‘orda qamalib qolmoqda

Tailandda iyun oyi oxirida tog‘dagi ekskursiya chog‘ida yo‘qolib qolgan futbol maktabining 12 nafar o‘quvchisi va ularning o‘qituvchisi g‘orda qamalgancha qolmoqda. «Bi-bi-si» xabariga ko‘ra, ularga yana bir necha oy o‘sha yerda qolish taklif etilgan.

Kuchli yomg‘irlar tufayli g‘orga borish yo‘li to‘silib qolgan va shu tufayli qutqaruvchilar g‘or ichiga yetib bora olishmayapti. Bolalar suv bosgan hududdan suzib o‘tishlari talab etiladi, lekin bu ish juda xavfli va tajribasiz hamda kuchdan qolgan bolalar buni uddalay olmasligi mumkin. Shu tufayli ulardan yomg‘irlar mavsumi yakunlangunicha, sentabr yoki oktabr oyigacha g‘orda qolish so‘ralmoqda.

Suvni boshqa joyga burib yuborish uchun urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Agar bolalar g‘orda qolishsa, ular oziq-ovqat va hayot uchun zarur boshqa mahsulotlar bilan ta'minlanadi, ularga shuningdek shifokorlar yuboriladi.

11 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar hamda 25 yoshli erkak qidiruv ishlarining to‘qqizinchi kunida topildi. Ular mamlakat shimolidagi Chiangray viloyati hududidagi g‘orga kirishdan 4 kilometr ichkarida aniqlangan. Bu guruh g‘or ichiga kirganida quruq bo‘lgan, ammo tezda yomg‘ir yog‘ib, kirish toshlar bilan to‘silib qolgan.

Mavzuga oid