Jahon | 18:47 / 11.07.2018
6290
6 daqiqa o‘qiladi

Nobel mukofoti sovrindorining bevasi uy qamog‘idan ozod etildi

2010 yil kuz oylarida Lyu Sya oxirgi marta turmush o‘rtog‘i, muxolifatchi Lyu Syaoboga Nobel mukofotini qo‘lga kiritganini aytish uchun shimoliy Xitoydagi qamoqxonaga borgandi. Shundan so‘ng u 8 yil uy qamog‘iga mahkum etildi.

Xitoy hukumati mamlakatdan chiqishga ruxsat berdi. 8 yil davom etgan tutqunlik 57 yoshli shoirani kamgap va kashandaga aylantirdi. Lyu Sya Berlinga uchish uchun Xelsinki (Finlyandiya) aeroportiga uchib kelganida, OAV xodimlari kutib turishardi. Lyu Sya baxtiyorligidan qo‘llarini ko‘tarib fotokameraga qarab jilmaydi. Bir necha soatdan keyin u Berlindagi Tegel aeroportidan avtomobilda ketgan.

Foto: AP 

Jinoyatchilikda ayblanmagan Lyu Syaning ozod etilishi g‘arbiy hukumat va faollarning ko‘p yillik tashviqotlari natijasidir va Lyu erining bir yillik vafoti marosimidan bir necha kun oldin yorug‘ dunyo yuzini ko‘rdi. Lyu Tsyabaoga nisbatan qo‘llanilgan 11 yillik qamoq jazosi va rafiqasini boshqalarga ta'sir o‘tkazmaslik uchun qo‘llanilgan hukm avtoritar hukumatning qat'iy choralari edi.     

Lyu Syaning akasi quvonchini yashirolmadi: “Singlim yangi hayot boshlash uchun Yevropaga yo‘l oldi. Unga ko‘maklashgan, dalda bo‘lgan barchaga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Endi Lyu baxtli va tinch hayot kechiradi”.

Lyu Sya Germaniyaga yetib borganida bosh vazir Li Ketsyan u yerga rasmiy tashrifni amalga oshirdi. Ushbu davlat xizmatchisi Lyuni ozod etishga o‘z hissasini qo‘shdi.

Germaniya kansleri Angela Merkel may oyida Xitoyga tashrifi chog‘ida xitoylik rasmiylar bilan Lyu Sya masalasini muhokama qilgan, deya xabar berishdi hodisa bilan tanish shaxslar.

Lyuning yaqin do‘stlari Gao Yu (Pekinda faxriy jurnalist) va Ye Du taxallusi bilan tanilgan Vu Yangveylarning aytishicha, Lyu Sya kecha ertalab Finnair’da parvozni amalga oshirdi.

“Lyu Sya ko‘p yillar hayotdan uzilib yashadi. Ozodlik qalbidagi yaralarga malham bo‘la oladi, deb umid qilaman”, deya izoh berdi Guanjouning janubiy shahridan qo‘ng‘iroq qilgan Vu. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xua Chuningning axborot berishicha, Lyu davolanish uchun Germaniyaga ketgan. U mahoratli rassom va shoira bo‘lgan va 20 yil oldin turmush o‘rtog‘i ortidan siyosatga kirib kelgan. 2009 yilda hukumat Lyu Syabaoga 11 yillik qamoq jazosi tayinladi, chunki u siyosiy-iqtisodiy liberalizatsiyaga chorlovchi 8 Ustav manifestini yozishga yordam bergan. 2010 yil 8 oktabrda Nobel mukofotiga loyiq deb topildi. Rafiqasi oxirgi marta turmush o‘rtog‘ini qamoqda ko‘rib qaytganidan so‘ng Pekinda telefon qo‘ng‘irog‘i va internet tarmog‘idan uzib qo‘yilgan 5 qavatli turar joyda uy qamog‘iga mahkum etilgandi. Avvaliga jazo muddati qisqa bo‘lishi kutilgandi. Lyu Associated Press’ga bergan intervyusida: “Butun umr shu taxlitda davom etmasligiga ishonaman”, degan fikrlarni aytgan. Ammo kunlar oy, yillarga ulanib ketdi. Lyuning eshigi tagida qo‘riqchilar kun-u tun turishardi. Ular o‘sha yerga yig‘ilgan ko‘ngillilar, aktivist, jurnalist va diplomatlarni haydash bilan ovora edilar. Do‘stlari uning ahvoli kundan-kunga yomonlashib borayotganligini aytishardi.

Foto: AP 

“Xyaobo oramizda yo‘q. Endi menga hayotning qizig‘i qolmadi. O‘limni afzal ko‘raman”, deya gapirdi u yig‘lamsirab.

Lyuning ozod etilishi Xitoyning kommunistik faollari uchun noyob yangilik edi. Ular fuqarolik jamiyati, huquqshunoslar va boshqa mustaqil guruhlarga qarshi qaratilgan keng ko‘lamli ta'qiblarni amalga oshirishgan. XXR raisi Si Tszinpin buni Kommunistik partiyaning hukmronlikka intilishiga tahdid, deb baholaydi. Xitoy so‘nggi marotaba 2012 yilda siyosiy mahbus Chen Guangchengni ozod etgandi. Hukumat unga Nyu-Yorkka uchib ketishga v Pekinda AQSh elchixonasida panoh topishiga ruxsat bergandi. Huquq-tartibot idoralari haliyam Lyu Syaning akasini qalloblikda ayblab ushlab turishibdi.

“Bu biz uchun olamshumul yangilik bo‘ldi. Umidimizni ham so‘ndirib qo‘ygandik. Lekin haliyam Lyu Hui borasida cho‘chiyapmiz, chunki u ayni paytda singlisi chet elda ortiqcha gap gapirib qo‘ymasligi uchun garov sifatida ushlab turilibdi”, dedi ularning oilaviy do‘sti Hu Jiya.

AQSh davlat Departamenti vakillari yangilikni eshitib xursand bo‘lishganlarini, ammo haliyam Lyu Syaning akasi bilan bog‘liq muammodan tashvishda ekanliklarini bayon etishdi. Xitoy Lyuning ozod qilinishini talab qilgan G‘arbiy hukumatlar harakatini tanqid qildi. O‘tgan yili Lyu Sya erining jigar saratoni kasalligiga chalinib vafot etishidan biroz oldin rangi siniqqan holda ko‘ringandi.

Lyu Syaobo qamoqda vafot etgan ikkinchi Nobel mukofoti laureati hisoblanadi. Inson huquqlari bo‘yicha guruh bu harakatni Kommunistik partiyaning og‘ir jazosi deya baholadi. Ilk marotaba Karl Ossiyetskiy 1938 yilda Germaniya qamoqxonasida sil kasalligidan vafot etgandi. U Gitlerning natsist rejimiga qarshi chiqqandi.

Foto: AP 

Xitoyda Inson Huquqlari himoyasi tadqiqotchisi Frantsis Iv Lyuning ozod etilishi Lyu Syaobo o‘limi marosimi atrofida bo‘ladigan noroziliklarni bostirish maqsadida qilindi, degan fikrda. 

Mavzuga oid