Jamiyat | 11:16 / 11.07.2018
21663
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Tashkent City» XIM: zamonaviy ritmdagi tarix

Hatto eng yuqori texnologiyali loyihada ham ko‘ngil bo‘ladi. Uni asrash, o‘stirish va kuchli qilish zarurdir. Zamonaviy dunyoda global megapolisning yurak urishi aniq va ravshan eshitilib turilishi va sezilishi kerak.

«Tashkent City» xalqaro ishbilarmonlik markazi (XIM) bunga alohida e'tibor qaratmoqda.  Innovatsion va yuqori texnologiyali loyiha o‘z ichiga ushbu muhim vazifani, ya'ni madaniy merosni saqlashni ham qamrab olgan. Bu yerga kelgan barcha avlod vakillari bundan bahramand bo‘lishlari kerak. Sababi buyuk ajdodlar haqidagi xotira va qadriyatlarni saqlash millat ko‘zgusidir.

Afsuski, hozirgi vaqtda ko‘plab madaniy obektlar ko‘rimsiz holatda, boz ustiga, ko‘p quruvchilar ularni inobatga olmagan holda, joylarda qurilish ishlarini boshlab yuborishmoqda.

Foto: Tashkent City

Ammo «Tashkent City» XIMda holat boshqacha - Arxitektor va loyihachilar ushbu joylarni o‘rganishganda joylarda XIX-XX  asrga tegishli ikki madaniy meros borligi aniqlandi. Mutaxassislar ushbu obektlarni juda nochor holatda ekanligini aniqlashdi. Mahalliy aholi bu obektlarning mavjudligidan bexabar edi. Xulosa qilib aytganda, ular unutilgan joylar edi.

Foto: Tashkent City

Masalan, birinchi obekt “O‘qchi” mahallasida joylashgan bo‘lib, bu yerda “Eshonzodalar” avlodining to‘rtta vakili dafn etilgan ekan. Ularning vakili Ahmad Eshon Shoshiy Qoratoshiy nafaqat shoir, balki ko‘plab g‘azallar muallifi bo‘lgan, shuningdek u Qur'on kitobini o‘zbek tiliga tarjima qilgan shaxslardan biri. Hozirda muallif qo‘lyozmalari O‘zbekiston Musulmonlar idorasida saqlanmoqda.

Foto: Tashkent City

Ikkinchi tarixiy obekt – XIX asrda barpo etilgan Orifjon ota masjidi. Ushbu masjid O‘zbekiston tarixida ilk marta modern usulda qurilgan. Masjidga Orifjon ota nomi berilgan, sababi bu inson ushbu masjid qurilishiga homiy bo‘lgan.

Foto: Tashkent City

Xalq tarixini saqlab qolish uchun «Tashkent City» XIMda mazkur obektlarni qayta tiklashga qaror qilindi. Endi bu ikki obekt quruvchilar nazoratida bo‘lib, ularni nafaqat saqlashadi, balki alohida arxitektura loyihalari  asosida tiklashadi. Tashrif buyuruvchilar uchun barcha sharoitlar yaratiladi: yozda bu yerda salqin bo‘ladi, qishda esa - issiq. Dam olish va ibodat qilish uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

Foto: Tashkent City
Foto: Tashkent City

Bu obektlar mehmonlar, sayyohlar va madaniy meros saqlovchilarini jalb qiluvchi markaz bo‘lishi kerak.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid