Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hant O‘zbekiston bilan munosabatlarni mustahkamlashiga Komilovning ishonchi komil
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri Jyeremi Hantni lavozimga kirishgani bilan tabrikladi.
«Biz O‘zbekiston va Birlashgan Qirollik o‘rtasidagi so‘nggi yillarda o‘zgacha dinamika bilan o‘sib borayotgan hamkorlikning miqyosi va samaradorligini yuqori baholaymiz. Aminmanki, Sizning tashqi ishlar va Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha davlat kotibi lavozimidagi faoliyatingiz davlatlarimiz o‘rtasidagi barcha sohalardagi o‘zaro manfaatli, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatdagi ko‘p qirrali hamkorlikning mustahkamlanishi va kengayishiga xizmat qiladi», — deyiladi Komilovning murojaatnomasida.
Jyeremi Hant Devid Kemeron va Tereza Mey hukumatlarida sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lib ishlagan. O‘z karerasida u sog‘liqni saqlash va madaniyat masalalari bilan shug‘ullangan, biroq hech qachon diplomatik xizmatlarda ishlamagan va tashqi siyosat bilan shug‘ullanmagan.
51 yoshli konservator Hantni tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlanganini Britaniya hukumati rahbari Tereza Mey 9 iyul, dushanba kuni kechqurun e'lon qildi. Bungacha bir necha soat oldin Tereza Meyning Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqidan «yumshoq» chiqish variantiga rozi bo‘lmagan TIV rahbari Boris Jonson iste'foga chiqarilgani e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
09:41 / 20.01.2026
London bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash imkonini ko‘rib chiqmoqda
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
13:29 / 14.01.2026
Eronda qurbonlar soni o‘smoqda: YeI va Britaniya sanksiyalarni kuchaytirishga tayyorlanyapti
19:15 / 12.01.2026