Sport | 17:10 / 13.07.2018
9427
1 daqiqa o‘qiladi

Ilyumjinov o‘zining chetlatilishini «siyosiy» deb baholamoqda

Foto: Komsomolskaya Pravda

Kirsan Ilyumjinov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) ning uni tashkilot prezidentligidan chetlatish haqidagi qaroridan rozi emas. U mazkur qarorni siyosiy deb atagan.

«Bu — AQSh bosimi ostida qabul qilingan siyosiy qarordir», — deya Ilyumjinovning so‘zlarini keltirmoqda «360» telekanali.

Ilyumjinov AQSh moliya vazirligini uni sanksiyaga duchor bo‘lganlar ro‘yxatiga qo‘shganini eslatib o‘tdi. U bu qarorni noqonuniy deb hisoblaydi va Amerika hukumatini sudga bergan. Shundan so‘ng, Ilyumjinovning fikricha, Qo‘shma Shtatlar hukumati FIDEga bosim o‘tkaza boshlagan.

Mavzuga oid