Kirsan Ilyumjinov Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) ning uni taşkilot prezidentligidan çetlatiş haqidagi qaroridan rozi emas. U mazkur qarorni siyosiy deb atagan.

«Bu — AQŞ bosimi ostida qabul qilingan siyosiy qarordir», — deya Ilyumjinovning sözlarini keltirmoqda «360» telekanali.

Ilyumjinov AQŞ moliya vazirligini uni sanksiyaga duçor bölganlar röyxatiga qöşganini eslatib ötdi. U bu qarorni noqonuniy deb hisoblaydi va Amerika hukumatini sudga bergan. Şundan söng, Ilyumjinovning fikriça, Qöşma Ştatlar hukumati FIDEga bosim ötkaza boşlagan.