Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Vatanparvar” tashkilotining rahbariga pora olgani uchun sud hukmi o‘qildi
Foto: artleo.com
2018 yil 13 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Olmazor tuman sudi “Olmazor o‘quv” sport texnika klubi unitar korxonasi binosida, sayyor ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Sudya M.Abidovning raisligida o‘tgan sud majlisida Mirzayev Zafar Zaxirovichga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqildi.
Ma'lum bo‘lishicha, Z.Mirzayev 2016 yil 31 may kunidan boshlab O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Toshkent shahar tashkiloti “Olmazor o‘quv” sport texnika klubi unitar korxonasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. U B.Xolbozorovning o‘quv mashg‘ulotlariga kelmasligi holatiga chora ko‘rmaslik va topshirilishi lozim bo‘lgan 083-sonli tibbiy ma'lumotnomani olishda amaliy yordam berishni va'da qilib, 2018 yil 12 mart kuni o‘z xizmat xonasida B.Xolbozorov va A.Murtazayevlardan 300.000 so‘m va 100 AQSh dollari pul mablag‘larini pora tariqasida olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.
Sud Z.Mirzayevga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (pora olish), shuningdek, JKning 45-moddasini (muayyan huquqdan mahrum qilish) qo‘llab, 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining 75 baravari miqdorida 12.918.000 so‘m jarima jazosi tayinladi va davlat foydasiga undirilishi belgilandi.
Mavzuga oid
20:03 / 03.03.2026
Toshkent shahrida IIBBning ikki tezkor xodimi qo‘lga olindi
12:22 / 03.03.2026
FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor qo‘lga olindi
08:25 / 26.02.2026
Jizzaxda ta’lim tizimi rahbari pora bilan qo‘lga tushdi
14:42 / 25.02.2026