Davlat xavfsizlik xizmatining xabar berişiça, Samarqand viloyati Urgut tumanida faoliyat yurituvçi advokat mansabdor tanişlari orqali Jizzax viloyatidagi manzil koloniyada jazo ötayotgan mahkumning ozodlikdan mahrum qiliş muddatini qisqartirib berişni va’da qilgan. Buning evaziga mahkumning tanişidan 15 ming AQŞ dollari olgan vaqtida u aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Şuningdek, Samarqand viloyatining Qöşrabot tumanida faoliyat yurituvçi yana bir advokat jinoyat işlari böyiça tuman sudida körilayotgan işda himoyaçi sifatida iştirok etib, mansabdor tanişlari orqali sudlanuvçiga yengilroq jazo tayinlanişiga yordam berişini aytgan. U bu xizmat evaziga sudlanuvçining öğlidan 2 ming AQŞ dollari söragan.
Tezkor tadbirda mazkur advokat ham söralgan pul mablağini olgan vaqtida uşlangan.
Hozirda har ikki holat yuzasidan advokatlarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilgan bölib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jizzax va Samarqandda advokatlar uşlandi
13:19 / 02.07.20263 3251 min
Ötkazilgan tezkor tadbirlarda aniqlanişiça fuqarolardan mansabdor tanişlari orqali masalalarni hal qilib berişni va’da qilib, pul talab qilgan ikki advokat aşyoviy dalillar bilan uşlangan.








