O‘zbekiston | 10:30 / 19.07.2018
36172
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ilk bor oliy ta'lim muassasalari reytingi tuzildi

Foto: Milliy universitet matbuot xizmati

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan ilk marotaba O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari reytingi aniqlandi. Bu haqda inspeksiya rasmiy saytida e'lon qilindi.

Ma'lum qilinishicha, oliy ta'lim muassasalari reytingi 23ta indikator asosida baholandi.

Mazkur indikatorlar asosida shu yilning mart-iyun oylarida 57ta oliy ta'lim muassasalari faoliyati tahlil qilindi va tajriba-sinov tariqasida ularning 2018 yil 1 yanvar holatiga reytingi ishlab chiqildi. 

Unga ko‘ra kuchli 10 talik oliy ta'lim muassasalari quyidagilardir:
1. O‘zbekiston milliy universiteti
2. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
3. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
4.Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
5. Samarqand davlat universiteti
6. Toshkent tibbiyot akademiyasi
7. Toshkent davlat stomatologiya instituti
8. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
9. Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti
10. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Reytingda quyi pog‘onani egallagan 10 ta oliy ta'lim muassasalari:
48. Namangan muhandislik-texnologiya instituti
49. Navoiy davlat pedagogika instituti
50. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
51. Qarshi davlat universiteti
52. Jizzax politexnika instituti
53. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti
54. O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
55. Milliy rassomchilik va dizayn instituti
56. Jizzax davlat pedagogika instituti 
57. Qo‘qon davlat pedagogika instituti.

Mavzuga oid