Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nursulton Nazarboyev Denis Ten ishi bo‘yicha alohida ko‘rsatma berdi
Foto: akorda.kz
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bosh prokuror Qayrat Kojamjarov va IIV rahbari Kalmuxanbet Qosimovga figurali uchuvchi Denis Tenning o‘ldirilishi bo‘yicha ishni alohida nazoratga olish haqida topshiriq berdi.
Ushbu davlat rahbari rasmiy saytiga ko‘ra, shuningdek, Nazarboyev huquqni muhofaza qilish organlariga ro‘y bergan hodisani jiddiy va obektiv surishtiruvdan o‘tkazishni ta'minlash vazifasini yukladi.
Ta'kidlanishicha, prezident ma'muriyati rahbariyati tergov jarayonini doimiy nazoratda saqlab turadi.
Sochidagi 2014 yilgi Olimpiya o‘yinlarining bronza medali sohibi Ten 19 iyul kuni ikki jinoyatchining pichoq bilan amalga oshirgan hujumidan so‘ng hayotdan ko‘z yumdi. Jinoyatchilar sportchining avtomobili yon oynalarini egishga urinishgan, biroq figurali uchuvchi ularni mustaqil ravishda qo‘lga olishga harakat qildi.
Shifokorlar Tenni kasalxonaga olib borishdi, ammo sportchi ko‘p qon ketishi tufayli hayotdan ko‘z yumdi.
20 iyul kuni ilk gumonlanuvchi qo‘lga olindi. U 1994 yilda tug‘ilgan Nurali Kiyasov bo‘lib chiqdi. Ushbu shaxs qotillikni amalga oshirgani bo‘yicha o‘z aybini tan oldi.
Mavzuga oid
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025