Jahon | 16:39 / 23.07.2018
46766
1 daqiqa o‘qiladi

24 iyul kuni Yerda birinchi darajali magnit bo‘roni kuzatiladi

Foto: Getty Images

Besh ballik shkala bo‘yicha G1 birinchi darajali magnit bo‘roni 24 iyul kuni Yerni qamrab oladi, deya xabar beradi RIA «Novosti».

Rossiya Fanlar akademiyasining Lebedev nomidagi Fizika instituti Quyosh rentgeni astronomiya laboratoriyasining prognoziga ko‘ra, bo‘ron Toshkent vaqti bilan soat 8da boshlanadi. Magnitosfera taxminan kun yarmiga qadar qo‘zg‘algan holatda bo‘ladi.

Ta'kidlanishicha, bunday magnit bo‘ronlar kosmik qurilmalarni boshqarish tizimiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Astronomlarning xabar berishicha, avvalgi bo‘ronlar 28 iyun, 2 iyun, 6 va 7 may kunlari sodir bo‘lgan, bu yildagi eng katta bo‘ron esa aprel oyida qayd etilgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid