Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh senatorlari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni talab qilishmoqda
Marko Rubio va Lindsi Grexem/REUTERS
AQSh senatorlari Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni darhol ishlab chiqishga chaqirmoqda, bu Qo‘shma Shtatlardagi oraliq saylovlarga ehtimoliy aralashuvdan ogohlantirish maqsadida qilinyapti, deb xabar berdi Reuters agentligi.
Senator Lindsi Grexemning ta'kidlashicha, qo‘shimcha sanksiyalar AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan ikkinchi uchrashuvni o‘tkazishidan avval joriy etilishi kerak. Grexemning so‘zlariga ko‘ra, bu qattiq sanksiyalar bo‘lishi lozim.
Senator Marko Rubio Deter («tiyib turish») nomli qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish jarayonini o‘tkazish istagida, u AQSh razvedkasi Rossiya Qo‘shma Shtatlardagi saylovlarga aralashgani bo‘yicha xulosalar taqdim etadigan bo‘lsa, yangi sanksiyalarni joriy qiladi. Rubioning fikricha, «Rossiya saylovlarga aralashgani aniq, hamda buni kelajakda ham amalga oshirishda davom etadi». U va senator Kris Van Xollen qonun loyihasi bo‘yicha eshituvlarni avgust boshida o‘tkazishni talab qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, yangi qonun loyihasi sanksiyalarni «nisbatan avtomatlashtirish» imkonini beradi. U Rossiya moliya, energetika va mudofaa sektorlariga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Agentlikning eslatishicha, Tramp Xelsinkidagi sammitdan so‘ng, Putinga Rossiyaning 2016 yilgi saylovlarga aralashuvi masalasida qat'iy pozitsiyasini bildirmagani sababli jiddiy tanqidga uchradi.
Mavzuga oid
18:06 / 10.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi
16:59 / 10.01.2026
Ishinger: Rossiya yevropaliklar bilan emas, AQSh bilan muzokaraga qiziqyapti
14:26 / 10.01.2026
AQSh Rossiyaning “soya floti”ga tegishli beshinchi tankerni qo‘lga oldi
09:04 / 10.01.2026