Vazirlik bayonotida qayd etilişiça, hozirgi murakkab xalqaro şaroitda erişilgan kelişuv keskinlikni yumşatiş va tinçlikka erişişga xizmat qiladigan muhim qadam hisoblanadi.

Rasmiy Toşkent AQŞ va Eron rahbariyatining hal qiluvçi pallada namoyon etgan siyosiy irodasi hamda uzoqni köra bilişini alohida e’tirof etdi.

Şuningdek, Özbekiston mazkur kelişuvga erişiş uçun zarur şaroitlarni yaratişga hissa qöşgan Pokiston va Qatarning sa’y-harakatlarini yuqori baholab, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr va boşqa mintaqaviy hamkorlarning iştirokini ham alohida qayd etdi.

Toşkent muzokaralarning keyingi bosqiçlari konstruktiv ruhda davom etişi va erişilgan kelişuvlar samarali amalga oşirilişiga umid bildirib, xalqaro nizolarni diplomatik vositalar orqali hal etiş tinçlik va xavfsizlikni ta’minlaşning asosiy şarti bölib qolişini ta’kidladi.