Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda josuslikda ayblanayotgan Butina rossiyalik milliarderdan yordam olgan
AQShda Rossiya foydasiga josuslik qilishda gumonlanib hibsga olingan rossiyalik Mariya Butina tadbirkor Konstantin Nikolayev tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelingan. Bu haqda The Washington Post Qo‘shma Shtatlar senatidagi Butina ishi bo‘yicha surishtiruvlarga tayangan holda xabar bermoqda.
Manba so‘zlariga ko‘ra, senatdagi eshituvlarda 2018 yilning aprel oyida Nikolayev Butina vakili bo‘lgan «Qurolga huquq» tashkiloti uchun moliyalashtirish taqdim etgani aytilgan. Tadbirkorning matbuot kotibi 2012-2014 yillar oralig‘ida uchrashuvlar haqiqatdan ham yuz berganini tasdiqladi, biroq ehtimoliy moliyalashtirish haqida gapirishdan bosh tortdi.
Nashrning ta'kidlashicha, Nikolayev Butina xatlari va yozishmalarida bir necha bor «homiy» sifatida keltirilgan.
Mavzuga oid
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026