Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Abdulfattoh as-Sisini tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisini tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston rahbari 23 iyul kuni Misr Arab Respublikasi yetakchisini Inqilob kuni munosabati bilan tabriklagan.
Ma'lumot uchun, Iyul inqilobi - 1952 yilda Misrda milliy-ozodlik inqilobi boshlanishini belgilab bergan to‘ntarishning umumiy nomidir. 23 iyul kuni Misrda iyul inqilobi (Revolution Day in Egypt) nishonlanadi, u milliy bayram va dam olish kuni hisoblanadi.
Inqilob Ikkinchi jahon urushidan keyin arab xalqlari milliy-ozodlik harakati va Yaqin Sharqdagi Britaniya imperializmi pozitsiyalarining zaiflashishi holatida sodir bo‘lgan.
1952 yil 23 iyulga o‘tar kechasi «Ozod zobitlar» maxfiy tashkiloti a'zolari, Jamol Abdul Nosir boshchiligidagi bir guruh harbiylar to‘ntarishni amalga oshirdi va qirol Farruhni hokimiyat tepasidan chetlashtirdi. 26 iyulda qirol taxtdan voz kechdi va mamlakatni tark etdi. Hokimiyat Inqilobni boshqarish kengashiga o‘tdi. Harbiy to‘ntarish natijasida hokimiyat tepasiga kelgan yosh zobitlar armiyaga tayangan, ularning asosiy maqsadi Misrni to‘liq milliy ozod qilish hamda mustaqil rivojlanish uchun shart-sharoit yaratish bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:11 / 26.05.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
07:18 / 09.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
20:24 / 08.05.2026